Qo‘qonlik tabib ozodlikka chiqdi: u sud qarorini adolatsiz deb baholadi

Qo‘qonlik tabib ozodlikka chiqdi: u sud qarorini adolatsiz deb baholadi
  • 0
  • 31.12.2025 19:41:00
  • 1 daq o'qish

Xalq tabobati bilan shug‘ullanuvchi Iqbol Soliyev 10 sutkalik ma’muriy qamoqdan so‘ng ozodlikka chiqdi. U Instagram sahifasi orqali murojaat qilib, sud qarorini adolatsiz deb atadi va o‘zi haqidagi ayrim xabarlarni rad etdi. Soliyevning aytishicha, uning faoliyati hujjatsiz bo‘lgani haqidagi da’volar asossiz. U O‘zbekiston Xalq tabobati assotsiatsiyasi tomonidan berilgan, jumladan 2025-yilgacha amal qiluvchi hamda muddatsiz guvohnomalarga, shuningdek Qozog‘iston sog‘liqni saqlash organlari bergan sertifikatlarga ega ekanini bildirdi. Tabibning yuristi ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “guvohnoma muddati o‘tgan” degan ma’lumotlarni noto‘g‘ri deb baholadi. Uning ta’kidlashicha, Soliyev faoliyati ommaviy targ‘ibot sifatida baholanishi xato. Eslatib o‘tamiz, Iqbol Soliyev 17-dekabr kuni MJtKning 59⁵-moddasi bilan 10 sutkaga qamalgan, 2025-yil 10-yanvarda esa Qo‘qon shahar sudi qarori bilan 7,5 mln so‘m jarimaga tortilgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News