
- 0
- 08.01.2026 19:45:00
- 1 daq o'qish
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, qizi va amaldorlari bilan birga mamlakat harbiylariga bag‘ishlangan muzey hududida daraxt ekdi. Tadbir Shimoliy Koreya harbiylarining jasorati va fidoyiligini abadiylashtirish maqsadida o‘tkazildi. Ma’lum qilinishicha, ushbu muzey xorijiy hududlarda halok bo‘lgan KXDR askarlarining jangovar fidoyiligiga bag‘ishlab barpo etilmoqda. Tashrif chog‘ida Kim Chen In qurilish ishlari bilan tanishib, uni belgilangan muddatda va sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.