
- 4
- 19.11.2026 10:59:00
- 1 daq o'qish
Kembrij luğati “human” (inson) sözini 2026-yil sözi deb eʼlon qildi. Luğat tahririyati bu söz sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan mahsulotlardan farqli ravişda, aynan inson tomonidan yaratilgan narsalarni taʼkidlaş uçun tobora köproq qöllanayotganini qayd etdi.
Luğatda “human” sözi hayvonlar, maşinalar va ilohiy mavjudotlardan farqli ravişda, odamlarga tegişli tuşunça sifatida izohlanadi. Sönggi vaqtlarda “human-written” (inson tomonidan yozilgan), “human-generated” va “human-made” (inson tomonidan yaratilgan) kabi birikmalar keng qöllanmoqda. Bu esa sunʼiy intellekt rivojlanişi fonida inson mehnati va ijodining öziga xosligini ajratib körsatişga bölgan ehtiyoj ortayotganini anglatadi.
Şuningdek, Kembrij luğati boş muharriri Kolin Makintoşning aytişiça, til maʼlumotlari, internet tendensiyalari va qidiruv sörovlari tahlili 2026-yilda inson omilini qadrlaşga bölgan qiziqiş ortganini körsatgan. Uning fikriça, sunʼiy intellektning kundalik hayotga keng kirib kelişi odamlarni inson bölişning mohiyati haqida qayta öylaşga undamoqda.