Qozog‘istonda ilk krematoriy ish boshladi

Qozog‘istonda ilk krematoriy ish boshladi
  • 3
  • 01.05.2026 13:05:00
  • 1 daq o'qish

Olmaota shahrida Qozog‘istondagi birinchi krematoriy faoliyatini boshladi. U an’anaviy dafn marosimiga ixtiyoriy muqobil sifatida yo‘lga qo‘yilgan. Majmua ikki krematsiya pechi bilan jihozlangan bo‘lib, ikki kamerali yoqish texnologiyasi va ko‘p bosqichli tozalash tizimi qo‘llanadi. Bu esa chiqindilarni kamaytirib, hid va tutunni deyarli yo‘q qiladi.

Bir krematsiya jarayoni o‘rtacha 2 soat davom etadi. To‘liq yuklama bilan bitta pech kuniga 8 tagacha jarayonni amalga oshirishi mumkin. Pechlarni ishga tayyorlash esa 35 soatgacha vaqt oladi. Jarayon qat’iy tartib asosida o‘tadi: hujjatlar tekshiriladi, shaxs aniqlanadi, krematsiya amalga oshiriladi va kul yaqinlariga topshiriladi. Qarindoshlar uchun xayrlashuv zallari hamda maxsus kuzatuv xonalari mavjud.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News