• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Qozog‘iston Rossiyaga harbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan 106 xil turdagi tovarlar eksportiga cheklov kiritdi

Qozog‘iston Rossiyaga harbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan 106 xil turdagi tovarlar eksportiga cheklov kiritdi
  • 5
  • 20.10.2023 07:41:00

Qozog‘iston Rossiyaga harbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan 106 xil turdagi tovarlar eksportiga cheklov kiritdi

Qozog‘iston Savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Qayrat To‘rebayev Ukrainaga keng ko‘lamli bosqindan keyin Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar tufayli, mamlakat Rossiyaga 106 turdagi tovarlarni eksport qilishni taqiqlaganini aytdi.  

«Biz harbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan 106 xil turdagi tovarlar eksportiga cheklov kiritdik. Ularning eksporti butunlay cheklangan», dedi To‘rebayev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tovarlar orasida dronlar, ixtisoslashtirilgan elektronika va chiplar ham bor. 

«Ushbu 106 nomdagi tovar Qozog‘istonda ishlab chiqarilmagan, lekin avvallari Qozog‘iston orqali reeksport qilingan. Qozog‘istonga import amalga oshirilmoqda, eksport qilinmayapti. Ular nafaqat G‘arbda, balki boshqa mamlakatlarda ham ishlab chiqariladi», dedi To‘rebayev. 

Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin avvalroq Qozog‘istondan Rossiyaga ikki maqsadli tovarlar yetkazib berilganini tan olgan edi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalarning bajarilishini nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan Yevropa Ittifoqi va AQSh vakillari Qozog‘iston rasmiylariga sanksiyaga kiritilgan 7 mingta mahsulot ro‘yxatini topshirgan – bularning barchasi, vazir ta’kidlaganidek, mamlakatning Rossiya bilan tovar ayirboshlashiga tegishli. 

Qozog‘iston hukumati bunga javoban sanksiyaga kiritilgan tovarlar ro‘yxatini qisqartirishni so‘ragan. Natijada, yangilangan reyestrga Ukrainada shikastlangan Rossiya harbiy texnikasidan topilgan ikki maqsadli tovarlar kiritilgan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev sentabr oyida Germaniyaga tashrifi chog‘ida o‘z mamlakati «Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimiga amal qilishini» aytgan edi. 

Manba: kun.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News