
- 1
- 16.03.2026 12:10:00
- 1 daq o'qish
15-mart kuni Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazilib, ekzitpol natijalariga ko‘ra, qariyb 90 foiz saylovchi loyihani ma’qulladi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev umumxalq referendumi ochiq va adolatli o‘tganini ta’kidlab, xalqni yangi Konstitutsiya qabul qilingani bilan tabrikladi. Qayd etilishicha, referendumda jami 9 126 850 kishi ishtirok etgan.
Yangi Konstitutsiyaga ko‘ra, endilikda vitse-prezident lavozimi joriy etilib, bir palatali parlament — Qurultoyga o‘tiladi, hamda Qozog‘iston Xalq kengashi nomli yangi maslahat organi tashkil etiladi.
Shuningdek, hujjatda fuqarolarning huquq va erkinliklari, tillarning maqomi hamda din masalalarini tartibga solish bo‘yicha yangi qoidalar mustahkamlanib, shaxsiy ma’lumotlar hamda shaxsiy hayotni himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha qoidalar kiritilgan.