
- 5
- 23.05.2023 17:56:00
Kartoshkali Kroket
Yakshanba nonushtangiz menyusi “Lazzat dunyosi” oshxonasidan. 🔪Kartoshkaning nonushtaga mos varianti “Kartoshkali kroket” retseptini ulashamiz😍
🥔 Masalliqlar:
4 ta kartoshka
2 ta tuxum sarig‘i
1 osh qoshiq kraxmal
1 osh qoshiq sariyog‘
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq murch
🥚Belash uchun
1 piyola un
1 piyola non talqoni
1 dona tuxum (boshqa tuxumlarning oqi)
🧈 Qovurish uchun
2 stakan yog‘
👨🏻🍳 Tayyorlanishi:
- Kartoshkani yaxshilab yuving va qaynatib oling
- Qaynatilgan kartoshkani issiq holda ezib oling
- Kartoshka pyuresiga sariyog‘, 2 ta tuxum sarig‘ini soling va aralashtiring
- So‘ngra kraxmal, ziravorlar qo‘shib yaxshilab aralashtiring
- Pyureni maxsus qopchaga solib taxtachaga bir xil kattalikda quyib chiqing
- Pyure dam olishi va qalinlashishi uchun muzlatgichda 1 soat tursin
- Har bir bo‘lakni unga, keyin tuxum va maydalangan nonga botirib oling
- Issiq yog‘da qovuring
🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif
Tayyor bo‘lgan “Kartoshkali kroket”ni sous bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha 🤤





