• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Qorabog‘ to‘liq Ozarbayjon tasarrufiga o‘tdi

Qorabog‘ to‘liq Ozarbayjon tasarrufiga o‘tdi
  • 7
  • 20.09.2023 13:23:00

Qorabog‘ to‘liq Ozarbayjon tasarrufiga o‘tdi

Armaniston Ozarbayjon talablarini qabul qilib, hududdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga rozi bo‘ldi.

Qorabog‘ mudofaa armiyasi to‘liq qurolsizlantiriladi, qurol-yarog‘ va og‘ir texnika hududdan olib tashlanadi, deb xabar bermoqda tan olinmagan respublikaning axborot shtab-kvartirasi.

Shuningdek, Armaniston armiyasi bo‘linmalari Rossiya tinchlikparvar kontingenti joylashtirilgan hududdan ham chiqib ketiladi.

21 sentyabr kuni Qorabog‘ aholisi turmush tarzini ta’minlash masalasida Ozarbayjon hukumati bilan uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Ozarbayjon Qorabog‘da «aksilterror harakatlari»ni boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, «aksilterror» operatsiyasi natijasida Qorabog‘da 27 kishi halok bo‘lgan.

Manba:Xabar.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News