
- 2
- 18.12.2025 16:04:00
- 1 daq o'qish
O‘limi barchaning yuragini larzaga keltirgan 10 yoshli Qobiljon so‘ngi manzilga kuzatildi. Bolakay maktabda 15 yoshli o‘smir tomonidan vahshiylarcha pichoqlab o‘ldirilgan edi (https://t.me/casiauz/11528). O‘smir avval boladan millatini so‘ragan, so‘ng hujum qilgan. Faollar, siyosatshunoslar va jurnalistlar bu fojiani Rossiyada so‘nggi yillarda kuchaygan aksilmigrant siyosat, ksenofobiya va jazosizlik muhiti oqibati sifatida baholamoqda. Ularning ta’kidlashicha, migrantlarga nisbatan tahqir va bosimlar jamiyatda zo‘ravonlikni kuchaytirib, oxir-oqibat begunoh bolalar hayotiga zomin bo‘lmoqda. Jamoatchilik Rossiya tomonini hodisaga siyosiy va huquqiy baho berishga, migrantlar xavfsizligini ta’minlashga chaqirmoqda.