- 8
- 25.03.2023 15:04:00
O‘zbekistonlik dzyudochi qiz xalqaro turnirda oltin medalga ega chiqdi
Gruziya poytaxti Tbilisi shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasida o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova hal qiluvchi bahsda Olimpiada chempioni kosovolik Distriya Krasnichiga qarshi tatamiga chiqdi.
Keldiyorova finalning 40-soniyasida raqibini ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.





