Sudya yordamchisi 53 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya yordamchisi 53 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
  • 1
  • 12.05.2026 17:36:00
  • 1 daq o'qish

Surxondaryoda sudya katta yordamchisi 53 ming dollar pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u xizmat mavqeidan foydalanib, jinoyat ishi bo‘yicha sud qarorini “yengillashtirib berish”ni va’da qilgan. Xususan, sudlanuvchilarga yetkazilgan 6,3 mlrd so‘mlik zarar miqdorini kamaytirish, qamoq ehtiyot chorasini bekor qildirish va ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni taklif qilgan. Buning evaziga esa sudlanuvchilarning yaqinidan 53 ming dollar olayotgan paytda O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi va DXX xodimlari tomonidan ushlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora bilan bog‘liq moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, avval ham Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida sud tizimidagi poraxo‘rlik holatlari aniqlangani haqida xabarlar berilgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News