• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Boris Jonson Isroil tufayli Ukraina e'tiborsiz qolishidan xavotirda

Boris Jonson Isroil tufayli Ukraina e'tiborsiz qolishidan xavotirda
  • 1
  • 21.10.2023 07:54:00

Boris Jonson Isroil tufayli Ukraina e'tiborsiz qolishidan xavotirda

“Kapitoliydagi ba’zilar Isroilga ko‘proq yordam berishni istasak, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini qayta ko‘rib chiqishimiz yoki kamaytirishimiz kerakligini aytishmoqda. Bu fojiali xato bo‘ladi”, — deb yozdi u Telegraph nashri uchun yozgan maqolasida.
 

Sobiq bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Isroildagi keskinlashuv “mohiyatan so‘nggi o‘n yil ichida Ukrainada olib borilgan kurash bilan bir xil”. Jonson Ukraina va Isroilni “erkinlik uchun yangi kurashning ikkita jabhasi” deb atadi, uning fikricha ha ikki mamlakatda umumiy qadriyatlar uchun kurash olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Britaniya hukumatining sobiq rahbari Qo‘shma Shtatlarni har ikki davlatni qo‘llab-quvvatlashda davom etishga chaqirdi, chunki Ukraina ham, Isroil ham “G‘arb himoyasiga loyiqdir”, dedi u.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News