• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Jo Bayden Kongressdan 25 milliard dollar so‘rashi kutilmoqda — Bloomberg

Jo Bayden Kongressdan 25 milliard dollar so‘rashi kutilmoqda — Bloomberg
  • 7
  • 11.08.2023 08:22:00

Jo Bayden Kongressdan 25 milliard dollar so‘rashi kutilmoqda — Bloomberg

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati qonunchilik palatasidan turli ehtiyojlar, jumladan, mudofaa xarajatlari uchun kamida 25 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha mablag‘ talab qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi.

25 milliard dollarning taxminan 13 milliard dollari mudofaa ehtiyojlari va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Qolgan 12 milliard dollar esa Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi tabiiy ofatlarni bartaraf etish uchun sarflanadi.

Avvalroq AQSH Kongressining Vakillar palatasi 2024-moliya yili uchun 886 milliard dollarlik milliy mudofaa qonunini tasdiqlagani xabar qilingandi.

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News