
- 1
- 18.07.2026 11:07:00
Jizzali non 🍞
Masaliqlar:
6 dona pomidor🍅
3 dona piyoz 🧅
1dona yashil bulg‘or qalampiri
ta’bga ko‘ra achchiq qalampir 🌶
biroz jizza, ko‘kat, jambil va rayhon
2 osh qoshiq qaymoq🧈
1 osh qoshiq sariyog’
1 osh qoshiq mol yog’i
1,5 kg un
yarim osh qoshiq xamirturush
Tayyorlanishi :
Birinchi barcha masalliqlar bir xil shaklda to‘g‘rab olinadi. Keyin idishga tuz, suv, jizza, qaymoq, sariyog’, mol yog’i, xamirturush va to‘g‘ralgan masalliqlar solinib, yaxshilab aralshtiriladi. Oxirida tayyor massaga un qo‘shilib, xamir qoriladi. Xamir yaxshi oshirilgandan so‘ng, qizib turgan tandirda yopiladi. Issiqqina jizzali nonlarimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha🤗🥰





