Yaponiyada ilk bor ayol bosh vazir saylandi

Yaponiyada ilk bor ayol bosh vazir saylandi
  • 5
  • 21.10.2025 12:26:00
  • 1 daq o'qish

Sanae Takaiti Yaponiya tarixidagi birinchi ayol bosh vazir bo‘ldi. 64 yoshli siyosatchi parlamentning quyi palatasida o‘tkazilgan ovoz berishda 237 ovoz olib, mamlakatning 104-bosh vaziri etib saylandi. Takaiti — Liberal-demokratik partiya vakili bo‘lib, u konservativ qarashlari bilan tanilgan. U ilgari ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan. Yangi hukumat Liberal-demokratik partiya va Yaponiyaning Innovatsiya partiyasi koalitsiyasi asosida shakllanadi. Bu voqea Yaponiyada siyosiy rahbarlik lavozimlarida ayollar uchun tarixiy burilish sifatida baholanmoqda.

 
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News