
- 4
- 26.11.2025 09:19:00
- 1 daq o'qish
Indoneziya poytaxti Jakarta quturish kasalligining oldini olish maqsadida it, mushuk va ko‘rshapalak go‘shtini sotish hamda iste’mol qilishni rasman taqiqladi. Qonun shahar gubernatori Pramono Anung tomonidan 24-noyabr kuni imzolandi va 6 oydan keyin kuchga kiradi.
Yangi tartibga ko‘ra, qoidani buzganlarga yozma ogohlantirish beriladi, takroriy holatlarda esa tadbirkorlik litsenziyasi bekor qilinishi mumkin. Indoneziya bu turdagi go‘sht savdosiga ruxsat berib kelgan kam sonli davlatlardan biri edi. Ammo so‘nggi yillarda hayvonlar himoyachilari bosimi kuchaydi.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, Indoneziyada har yili quturishdan o‘lim holatlari qayd etiladi. Shu bois yangi qaror aholining sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan muhim choralar sifatida baholanmoqda.