
- 2
- 10.11.2023 19:29:00
Italiya prezidenti Serjo Mattarella qizi bilan Samarqandga jo‘nab ketdi
Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berishicha, shundan so‘ng, Prezident Serjo Mattarella qizi Laura Mattarella hamrohligida mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand shahriga jo‘nab ketdi.
Oliy martabali mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir kuzatib qo‘ydi.