
- 0
- 03.02.2025 10:58:00
O‘zbeklarni it degan erkak rossiyalikmas ukrainalik ekani ma’lum qilindi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi deb taxmin qilingan shaxsning o‘zbeklarga nisbatan shovinistik va ochiq haqoratomuz bayonotlari aks etgan video tarqalib, ushbu videoga Kusherboyev munosabat bildirgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanov ushbu holat yuzasidan munosabat bildirib, O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquqlari, shaʼni va qadr-qimmatini qayerda bo‘lishidan qatʼi nazar doimo himoya qilgan va himoya qilinishini, shuningdek, OAV va bloglar olami vakillarini tasdiqlanmagan materiallarni tarqatmaslikka chaqirib, vazirlik hamkorlikka doim ochiqligini ta’kidladi. Vazirlik tomonidan axborot maydoni muntazam ravishda kuzatib borilmoqda. Ushbu video internetda topilishi bilanoq Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali zudlik bilan murojaat qilingan. Rossiya tomoni videoda tilga olingan shaxs Rossiya fuqarosi emas. Buni Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ma’lum qilgan.