
- 7
- 29.08.2024 16:24:00
- 1 daq o'qish
Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Qo‘mita tomonidan tekshirilganda “O‘zbekneftgaz” o‘tkazgan 2ta jami 4,8 mlrd so‘mga yaqin eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida “Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 29-moddasi talablari buzilganligi alomatlari aniqlanib, aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Qayd etilishicha, qo‘zg‘atilgan ish o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilingandan so‘ng qo‘shimcha axborot beriladi.