• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Tashabbusli budjet jarayonining ikkinchi mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Tashabbusli budjet jarayonining ikkinchi mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi
  • 4
  • 14.07.2023 15:52:00

Tashabbusli budjet jarayonining ikkinchi mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Tashabbusli budjet jarayonining 2023-yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Unga ko‘ra, mavsum uch bosqichda o‘tkaziladi:

  • 1-bosqich — fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17.07.2023 — 06.08.2023 davomida;
  • 2-bosqich — loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 06.08.2023 — 26.08.2023 davomida;
  • 3-bosqich — loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26.08.2023 — 15.09.2023 davomida o‘tkaziladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda (mazkur mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib boradi).

manba: daryo.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News