
- 0
- 30.09.2025 11:09:00
- 1 daq o'qish
9-sentabr kuni Dohada HAMAS ofisiga qilingan havo hujumida besh nafar HAMAS a’zosi va bir qatarlik xavfsizlik xodimi halok bo‘lgandi. Bu voqea Qatarning suverenitetini buzganlik sifatida keskin tanqid qilindi. 29-sentabr kuni Netanyaxu AQSH prezidenti Donald Tramp ishtirokida Qatar bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahmon al Soni bilan telefon orqali gaplashib, voqea uchun kechirim so‘radi va bunday holat qayta takrorlanmasligiga kafolat berdi.