Isroil Damashqqa zarba berdi

Isroil Damashqqa zarba berdi
  • 4
  • 17.07.2025 08:09:00
  • 1 daq o'qish

Suriya janubidagi Suvayda viloyatida asosan druzlar yashaydigan shaharda badaviy qabilalar va mahalliy jangarilar o‘rtasida to‘qnashuvlar  boshlangandi. Isroil ozchilikni tashkil qiluvchi druzlarni himoya qilish maqsadida Suriyaga zarbalar bermoqda.
Bugun Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya qurolli kuchlari bosh shtab-kvartirasi joylashgan Damashq markaziga yangi aviazarba uyushtirdi. Hujum vaqtida Isroil samolyotlari Suriya poytaxti osmonida aylana harakatlar qilgani kuzatilgan. Hujum vaqtidagi kadrlar xalqaro telekanallar tomonidan jonli efirda yozib olingan.
Al Jazeera ma’lumotlariga ko‘ra, uch-to‘rt marta portlash yuz bergan. Suriya Mudofaa vazirligi hududida tutun ko‘tarilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News