• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

HAMASning 4 nafar nufuzli shaxsi Isroil tomonidan yo‘q qilingani xabar qilindi

HAMASning 4 nafar nufuzli shaxsi Isroil tomonidan yo‘q qilingani xabar qilindi
  • 2
  • 31.10.2023 09:04:00

HAMASning 4 nafar nufuzli shaxsi Isroil tomonidan yo‘q qilingani xabar qilindi

30-oktabr kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorida olib borgan quruqlikdagi operatsiyada HAMASning to‘rt nafar yuqori martabali jangarisini yo‘q qilganini ma’lum qildi. 

Halok bo‘lgan shaxslar ro‘yhatida HAMAS jangarilaridan quyidagi ismlar joy olgan:

- Jamil Baba — HAMASning markaziy brigadasidagi dengiz qo‘mondoni;

- Muhammad Safadiy — tankka qarshi raketa bo‘linmasi komandiri;

- Muvaman Hijoziy — HAMASning tankka qarshi raketa bo‘linmasi jangchisi;

- Muhammad Avdalloh — HAMAS ishlab chiqarish bo‘limining yuqori martabali a’zosi

Shuningdek, Isroil harbiylari “harakat infratuzilmasini, jumladan, tankka qarshi raketa uchirish qurilmalari va boshqa uchirish maydonchalarini yo‘q qilgani”ni da’vo qilmoqda.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News