• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Shahzoda san’atga qaytmoqdami?

Shahzoda san’atga qaytmoqdami?
  • 10
  • 17.11.2025 15:55:00

Shahzoda san’atga qaytmoqdami?

Mashhur xonanda Shahzoda Instagram sahifasida sirli video e’lon qilib, unga 1-dekabr sanasini yozib qoldirdi. Ushbu jumboqli post ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘plab obunachilar sanani xonandaning sahnaga qaytish kuni yoki yangi loyiha taqdimoti bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqda.

Shahzoda o‘zining “To‘rt qadam”, “Hayot ayt”, “Ket”, “Yomg‘ir” kabi hit qo‘shiqlari bilan nafaqat O‘zbekistonda, balki butun MDH hududida millionlab muxlislar qalbidan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, xonanda bir necha yillardan buyon faoliyatini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan edi — bunga uning turmush o‘rtog‘i, Tarona Records asoschisi Ravshan Yo‘ldoshevning vafoti sabab bo‘lgan.

Endi esa muxlislar uchun yangi umid uyg‘ondi: ehtimol, 1-dekabr Shahzodaning katta sahnaga qaytish sanasidir.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News