
- 0
- 27.07.2026 19:03:00
- 1 daq o'qish
Ilon Mask The Economist nashriga bergan intervyusida musulmonlar haqidagi fikrlari bilan bahslarga sabab bo‘ldi.
Jurnal bosh muharriri Zenni Minton Beddousning: “Siz musulmonlarga qarshimisiz?” degan savoliga Mask to‘g‘ridan to‘g‘ri “yo‘q” deb javob bermadi. Buning o‘rniga u zo‘rlash, qotillik va G‘arb qadriyatlariga zid qarashlarni qo‘llab-quvvatlovchi odamlar hamda bunday qarashlarning mamlakatga kirib kelishiga qarshi ekanini aytdi.
Mask avval ham X platformasida Yevropa va Buyuk Britaniyadagi musulmonlarga qarshi hamda migratsiya masalasiga oid bahsli postlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid qilingan edi.
Uning bu galgi bayonoti ham ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.