
- 0
- 05.03.2026 08:03:00
- 1 daq o'qish
4-mart kuni Eronning Turkiya hududiga yo‘nalgan ballistik raketasi urib tushirildi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Raketa Iroq va Suriya havo hududlari orqali o‘tib, Sharqiy O‘rta Yer dengizi tomon yo‘nalgan va NATOning havo hamda raketaga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. Qoldiqlar Hatay provinsiyasiga tushgan. Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Vazirlik bayonotida Anqara mamlakat hududi va fuqarolari xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini, shuningdek, har qanday dushmanona harakatga javob berish huquqi saqlab qolinishini ta’kidladi va barcha tomonlarni mojaroning kengayishiga olib keladigan harakatlardan tiyilishga chaqirdi.