
- 0
- 13.05.2026 10:24:00
- 1 daq o'qish
Eron hukumati Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Nargis Muhammadiyni sog‘lig‘i og‘irlashgani sabab garov evaziga qamoqdan vaqtincha ozod qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, u qamoqda ikki marta yurak xurujini boshdan kechirgan va ahvoli keskin yomonlashgan. Hozirda u Tehronda shifokorlar nazoratida davolanmoqda. Uning yaqinlari va advokatlari Nargisni qamoqqa qaytarmaslikka chaqirmoqda.
Nargis Muhammadiy yillar davomida ayollar huquqlari va o‘lim jazosiga qarshi kurashib kelgan.