
- 1
- 02.10.2025 08:46:00
- 1 daq o'qish
Afg‘onistonda 48 soatdan ortiq davom etgan internet uzilishi ortidan aloqa qisman qayta yoqildi. Uzilish mamlakatda kundalik hayot va ko‘plab sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Dastlab Afg‘oniston hukumati “axloqsiz xatti-harakatlarning oldini olish” uchun o‘chirgani sabab haqida xabar tarqaldi, ammo bu xabar keyinchalik soxta ekani ma’lum bo‘lib, rasmiylar internetni taqiqlash haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Internet qaytgach, aholi ko‘chalarga chiqib nishonladi.