
- 11
- 05.08.2023 12:25:00
Nyu York'da bloger sabab ommaviy tartibsizlik yuzaga keldi
Ijtimoiy tarmoqlarda millionlab obunachilarga ega 21 yoshli blogger Kaya Senata ommaviy tartibsizlikka sabab bo‘ldi. Bunga sabab juma kuni u, o‘z akkauntida obunachilarini PlayStation 5 va shunga o‘xshash boshqa sovg‘alarini tarqatishini aytib, quyi Manhettenga chaqirgan. Natijada tezda belgilangan manzilda 2000 dan ziyod yoshlar Twitch, Instagram, You Tubeda millionlab obunachilarga ega bloggerni ko‘rish uchun to‘plangan.
Ammo to‘satdan ommaviy mushtlashuv yuzaga kelgan. Yoshlar bir-birlari bilan mushtlasha boshlashgan. Tartibsizlikni bostirish uchun 1000 dan ortiq politsiya xodimlari safarbar qilingan.
Yuzlab odamlar jarohatlangan va kasalxonaga jo‘natilgan. Bir necha mushtlashuv qatnashchilari xibsga olingan. Blogger esa so‘roq qilingan.





