
- 1
- 30.01.2026 16:13:00
- 1 daq o'qish
29-yanvar kuni Vobkent tumanida xizmat olib borayotgan inspektor tuman markazidan oqib o‘tuvchi daryoga bir ayol o‘zini tashlaganini ko‘rib qolgan va o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, muzdek suvga tushib, ayolni qirg‘oqqa olib chiqqan. Jabrlanuvchi tuman shifoxonasiga yetkazilgan va uning hayoti saqlab qolingan. Ayolning hayotini saqlab qolgan profilaktika inspektori Amrillo Rasulovga Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga ko‘ra, muddatidan oldin mayor maxsus unvoni berildi.