
- 3
- 03.07.2024 13:36:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunosobod tumanini suv bosgani aytilgan videolar tarqaldi. “Toshkent shahar suv taʼminoti” maʼlumotiga ko‘ra, suv o‘tkazgich tarmoqlarida nosozlik vujudga kelgan. Shu sababli, bir necha mahalla va korxonalarda suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Tezkor avariya jamoalari nosozlikni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi.