Toshkentda odam organlari savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

Toshkentda odam organlari savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
  • 0
  • 18.02.2026 14:58:00
  • 1 daq o'qish

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkentda inson a’zolari va to‘qimalarini noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Aniqlanishicha, 1989-yilda tug‘ilgan erkak va turmush o‘rtog‘i oson pul topish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda inson organlarini sotish bo‘yicha videolar tayyorlab, mijozlarni Tojikistonning Dushanbe shahridagi “Istiqlol” klinikasiga olib borishgan. Erkak o‘ziga ham buyrak ko‘chirib o‘tkazgan, unga yordam berganlar orasida Telegram, Instagram va YouTube kanal yurituvchilari ham bo‘lgan. Holat yuzasidan inson organlarining noqonuniy oldi-sotdisi bilan shugʻullanib kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Qonunga ko‘ra, inson organlari va to‘qimalarining noqonuniy savdosi 3–10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News