
- 0
- 01.04.2026 17:18:00
- 1 daq o'qish
Hindistonda 1-apreldan boshlab aholini ro‘yxatga olish ishlari ilk bor raqamli formatda o‘tkaziladi. Ushbu jarayon aslida 2021-yilda o‘tkazilishi kerak edi, biroq pandemiya sabab kechiktirilgan.
Dastlab fuqarolar onlayn ro‘yxatdan o‘tadi, so‘ng 3 milliondan ortiq xodim ishtirokida uyma-uy yurib ikki bosqichli so‘rovnoma o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olish 2027-yil mart oyida yakunlanishi va natijalar tezkor e’lon qilinishi kutilmoqda.
BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston 2023-yilda aholi soni bo‘yicha (1,4 milliarddan ortiq) Xitoyni ortda qoldirgan edi.