
- 1
- 14.05.2023 22:50:00
Turkiyada saylov ikkinchi turga qarab ketmoqda
Asosiy nomzodlar orasidagi farq qisqarishi davom etmoqda. Siyosatchilardan birortasi 50 foizdan ortiq ovoz ololmasa, ikkinchi tur bo‘lib o‘tadi.
Bulletenlarning 54 foizdan ortig‘i hisoblanganidan keyin Erdo‘g‘anning ovozlari 52 foizdan ham tushib ketdi.
Qilichdoro‘g‘li Turkiyaning eng yirik uch shahridan ikkitasida ustunlik kelmoqda
Istanbul shahrida saylov qutilarining 72,74 foizi ochilgan holatda, muxolifat yetakchisi 48,34 foiz ovoz to‘plagan, Erdo‘g‘an 46,77 foiz bilan ikkinchi o‘rinda.
Poytaxt Anqarada ovoz berish natijalari qariyb teng. Bu yerda saylov qutilarining 84,48 foizi ochilganida Erdo‘g‘an 47,26 foiz, Qilichdoro‘g‘li 45,91 foiz ovoz to‘plagan.
Izmirda ovoz berish natijalariga ko‘ra Erdo‘g‘an katta farq bilan ortda qoldi
Saylov bulletenlarining 83 foizi hisoblab chiqilganda, unga 32 foizdan ortiqroq, Qilichdoro‘g‘liga esa 62 foizdan ortiq ovoz berilgani ma’lum bo‘lgan.
prezidentlik saylovlarida 89.27 foiz qutilar sanoqdan o‘tkazildi
Ovozlar taqsimoti:
🟠 Erdo‘g‘an — 50,10 foiz
🔴 Qilichdoro‘g‘li — 44,11 foiz.