
- 3
- 29.10.2025 13:34:00
- 1 daq o'qish
Missisipi shtatida COVID-19 va boshqa xavfli infeksiyalarni o‘rganayotgan laboratoriyaga tegishli yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan. Hodisa oqibatida qafaslar shikastlangan va ichidagi maymunlar qochib ketgan.
Hozircha necha maymun qochgani noma’lum. Mahalliy politsiya ularning aksariyati ushlanganini, biroq bittasi hanuz ozodlikda ekanini ma’lum qildi.
Rasmiylarga ko‘ra, bu maymunlar turli viruslar ustida olib borilayotgan tajribalar uchun ishlatilgan bo‘lib, ularning tashuvda ishtirok etgani xavfsizlik nuqtayi nazaridan jiddiy xavf tug‘diradi.
Hodisa joyida maxsus biologik xavfsizlik guruhlari ish olib bormoqda. Aholiga esa maymunlarga yaqinlashmaslik va darhol politsiyaga xabar berish tavsiya etilgan.