
- 2
- 05.06.2023 12:28:00
Toshkentda Malibu-2, Lacetti va elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 2 ta yengil avtomobil va elektrobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Haydovchilardan biri shifoxonaga olib ketilgan.
Joriy yilning 5 iyun kuni soat 10:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli - Glinka ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti, 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Malibu-2 va 1970 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “Yutong” elektrobusi ishtirokida to‘qnashuv kuzatilgan.
YTH oqibatida Malibu-2 avtomashinasi haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: kun.uz