
- 2
- 06.06.2023 17:59:00
Toshkentda YPX xodimlariga Germaniyadan keltirilgan BMW motosikllari berildi
Ayni vaqtda motoguruh xodimlariga germaniyalik mutaxassislar tomonidan amaliyot darslari o‘tilmoqda.
Toshkent shahar YPX xodimlariga Germaniyadan keltirilgan yangi rusumdagi motosikllarni boshqarish va ulardan to‘g‘ri foydalanish o‘rgatilmoqda. Bu haqda IIV JXD YHXX Matbuot xizmati videolavha e’lon qildi.
Qayd etilishicha, BMW kompaniyasining 3 turdagi motosikllari olib kelingan. Motoguruh xodimlariga Germaniyadan kelgan ikki nafar mutaxassis tomonidan yangi rusumdagi motosikllarning texnik xususiyatlari, foydalanish va boshqarish tartibi bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.
“Bu motosikllardan xizmat mobaynida foydalanishda juda qulay. Zamonaviy jihozlangan va tormoz tizimlari yaxshi. Bu avvalgi, 1993 yilda ishlab chiqarilgan motosikllarimizdan ancha yaxshi”, - deydi amaliyot jarayonlarida qatnashayotgan motoguruh xodimi.
Manba: uznews.uz