• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Toshkentda yangi qurilayotgan binoning lift shaxtasida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda yangi qurilayotgan binoning lift shaxtasida yong‘in sodir bo‘ldi
  • 5
  • 12.07.2023 08:00:00

Toshkentda yangi qurilayotgan binoning lift shaxtasida yong‘in sodir bo‘ldi

Mirobod tumanida yangi qurilayotgan 14-qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berdi.

Bugun, 11 iyul kuni soat 22:29 da Toshkent shahar Mirobod tumani Avliyo ota ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 14-qavatli binoning 14-qavatidagi lift shaxtasida qurigan taxtalar yongan. 

4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 22:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:54 da o‘rab olingan va soat 23:06 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Hodisa oqibatida 15 kvadrat metr maydon yonib zararlangan.

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News