
- 2
- 13.10.2026 14:59:00
- 1 daq o'qish
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida Cobalt avtomobili elektroskuterni urib yuborishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.
Hodisa 9-oktabr kuni soat 13:00 atrofida Mirkan mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, haydovchi yo‘lga to‘satdan chiqqan velosipedchini urib yubormaslik uchun rulni chapga burgan. Natijada qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, elektroskuter bilan to‘qnashgan. Oqibatda elektroskuterdagi bir yo‘lovchi voqea joyida, yana biri esa shifoxonada vafot etgan. Elektroskuter haydovchisi ham shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.