
- 2
- 10.10.2023 08:31:00
Rossiyada migrantlarga ayrim sohalarda faoliyat olib borishiga cheklov o‘rnatiladi
Rossiyada xorijliklarning kasalxona, dorixona, maktablar hamda taksida ishlashini taqiqlovchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Rossiyada migrantlarning ayrim sohalarda ishlashiga cheklov qo‘yilishi mumkin. Bu borada yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Davlat dumasiga xorijliklarning tibbiyot muassasalari, dorixonalar, maktablarda ishlashi hamda taksi va yuk tashuvlarini amalga oshirishini taqiqlovchi qonun loyihasini kiritildi.
Hujjat mualliflariga ko‘ra, mehnat muhojirlari asosiy oqimini O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelganlar tashkil etadi. Loyiha mualliflari iqtisodiy faoliyatning barcha turlarida xorijiy ishchilarning ruxsat etilgan ulushini 5 foizgacha cheklashni taklif qilmoqda.
Migrantlarni «chet ellik ishchilar malakasiz mehnati foydadan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan sohalarga» jalb qilishni to‘liq taqiqlash ham ko‘zda tutilmoqda. Bunday sohalar orasida tibbiyot muassasalari va maktablardagi ish bor.
Bildirilishicha, qonun loyihasi qabul qilinishi iqtisodiyot mazkur tarmoqlarida migrantlar soni ko‘payishini to‘xtatish, Rossiya fuqarolarini qo‘shimcha ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
Manba: kun.uz