
- 1
- 04.05.2024 14:59:00
Qirg‘izistonda ota qizini kaltaklab, itxonaga qamadi
Qirg‘izistonda 28 yoshli erkak uch yashar qizalog‘ini kaltaklab, itlar bilan bir qafasga qamab qo‘ydi. Politsiya qizning o‘gay otasini qo‘lga oldi. Tergov natijasida u bolaga muntazam ravishda tan jarohati yetkazgani aniqlanib qizaloq shifoxonaga og‘ir ahvolda olib kelinishidan avval ham o‘gay ota uni yomg‘ir ostida iti bilan birga tunashga majburlagan.
Vahshiy otaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.