• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Qozog‘istonda ayol “roddom”ning uchinchi qavatidan sakradi

Qozog‘istonda ayol “roddom”ning uchinchi qavatidan sakradi
  • 3
  • 12.08.2023 07:59:00

Qozog‘istonda ayol “roddom”ning uchinchi qavatidan sakradi

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 37 yoshli ayol tuman shifoxonasi tug‘uruq bo‘limining jonlantirish bo‘limi uchinchi qavati derazasidan sakradi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.

“Qorasoy klinik ko‘p tarmoqli markaziy tuman kasalxonasi” 10-avgust kuni sodir bo‘lgan voqea tafsilotlarini ochiqladi.

“Tug‘uruqxonaning uchinchi qavatidagi reanimatsiya bo‘limida tug‘uruqdan keyingi ayol tibbiyot xodimlarini itarib, derazadan sakradi. Ayol operativ tug‘uruqdan keyin to‘rtinchi kun intensiv terapiyada bo‘lgan. Tug‘uruqdan keyingi psixoz fonida u o‘zini tajovuzkor tutib, davolanishdan bosh tortgan”, — deyiladi xabarda.

Ayni paytda u barcha ixtisoslashgan mutaxassislar: anesteziolog-reanimatolog, neyroxirurg, travmatolog va jarroh tomonidan ko‘rikdan o‘tgan.

“Barcha zarur tekshiruvlar o‘tkazildi, u to‘liq davolanmoqda”, — deya xulosa qildi tibbiyot muassasasi.

Manba: daryo.uz

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News