• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Yaponiyada o‘quvchilar o‘rniga robotlar darsda qatnashishiga ruxsat berildi

Yaponiyada o‘quvchilar o‘rniga robotlar darsda qatnashishiga ruxsat berildi
  • 7
  • 12.09.2023 13:38:00

Yaponiyada o‘quvchilar o‘rniga robotlar darsda qatnashishiga ruxsat berildi

Kumomoto shahrida darsga kelmagan o‘quvchilar o‘rniga robotlar darsga qatnashadi. Ular planshet bilan jihozlangan, darsga kelmagan o‘quvchi esa kompyuteri bilan robotga bog‘lanadi va bemalol onlayn shaklda darsda qatnashadi.

Kumomoto shahridagi maktablar o‘quvchilarning darsdan qolish holatlariga qarshi kurashish uchun robotlardan foydalanishni boshlayapti. Shahardagi maktab sinfxonalarida mikrofon, kameralar bilan jihozlangan robotlar noyabr oyidan o‘quvchilar o‘rniga darsga qatnashishni boshlaydi. Sinfxonalarda 2 ta robot bo‘lishi reja qilingan.

O‘qituvchilar darslarni doimgiday sinfxonalarda o‘tadi. Dars payti 1 metr balandlikdagi o‘z-o‘zini boshqaruvchi robotlar o‘quvchilar bilan birga o‘tiradi. Maktabga kelmagan o‘quvchi esa planshetlar o‘rnatilgan robotlarga o‘z kompyuterlaridan ulanadi va sinfdoshlari bilan birga darsga qatnashadi, muhokamalarda ishtirok etishlari ham mumkin.

Robotlar faqatgina sinfxonalarda "o‘tirmaydi", mahalliy ta’lim idoralari bergan ma’lumotga ko‘ra, ular maktabda sayr qilishi va hatto uyushtiriladigan tadbirlarda qatnashishi ham mumkin.

Robotlar orqali darsda qatnashish bilan bolalarning maktabga kelishga qiziqishini qaytarish reja qilinyapti.

Koronavirus pandemiyasidan keyin bolalarning dars qoldirish holatlari oshib ketgan. Kumomotoda 2018 yilda 1,2 ming bola darsga kelmagan bo‘lsa, 2022 yilda dars qoldiradigan o‘quvchilar soni 2,7 mingga yetgan. Yanvar oyida shahar maktablarida darsga kelmaydigan o‘quvchilarga onlayn dars o‘tib berish uchun assistent o‘qituvchilar ishga olingan, bu ham o‘quvchilar tomonidan iliq qabul qilingan.

Kumomoto o‘quvchilar maktabga bormayotgan yagona shahar emas, 2022 yilda butun Yaponiyada 244,9 ming o‘quvchi 30 kun va undan ortiq dars qoldirgan. Yaponiya ta’lim vazirligiga ko‘ra, bolalarning maktabga kelishda jismoniy va ruhiy muammolarga duch kelishida koronavirus pandemiyasi davridagi lokdaunlar asosiy sababchi bo‘lgan.

Manba:Kun.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News