• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Buxoroda sayyohlarga shaharning diqqatga sazovor joylarini samodan ko‘rish imkoniyati yaratiladi

Buxoroda sayyohlarga shaharning diqqatga sazovor joylarini samodan ko‘rish imkoniyati yaratiladi
  • 1
  • 30.08.2023 07:35:00

Buxoroda sayyohlarga shaharning diqqatga sazovor joylarini samodan ko‘rish imkoniyati yaratiladi

“O‘zbekiston vertolyotlari” kompaniyasi sayyohlar uchun Buxoroning diqqatga sazovor joylarini samodan ko‘rishi uchun imkoniyat yaratishni rejalashtirmoqda.

Saudiya Arabistonining Turizm yangiliklar agentligi TNA_media24 o‘zining Twitter'dagi sahifasida Buxoro shahrining sayyohlik salohiyati to‘g‘risida ma’lumot tarqatdi, deb xabar beradi “Dunyo”.

Unda aytilishicha, 2022 yilda Buxoro viloyatiga 3,5 million sayyoh tashrif buyurgan. 2025 yilga kelib bu raqamni 10 millionga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Buxoro viloyatining turizm salohiyati kun sayin ortib bormoqda. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 184 ming mehmonga mo‘ljallangan 10 ta mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

“O‘zbekiston vertolyotlari” kompaniyasi ham sayyohlar uchun Buxoroning diqqatga sazovor joylarini samodan ko‘rishi uchun imkoniyatlar yaratib berishni rejalashtirmoqda, deb yozadi TNA_media24.

manba:kun.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News