
- 1
- 21.10.2024 15:58:00
75% ovqatlanish korxonalarida taomnoma o‘zbek tilida emas — Raqobat qo‘mitasi
Raqobat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan hamkorlikda respublikada faoliyat yuritayotgan 700 ga yaqin ovqatlanish korxonalarida tekshiruv o‘tkazdi. 700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarining 524 tasida - (75%) taomnoma davlat tilida emasligi, 480 tasida - (69 %) ish rejimi ko‘rsatilmaganligi, 449 tasida - (65 %) narxnomalar, 429 tasida - (62%) avtoturargohlar mavjud emasligi, 519 tasida - (74,6 %) favqulodda vaziyatlari uchun chiqish yo‘laklari mavjud emasligi aniqlangan.
Olib borilgan o‘rganishlarda, ovqat tayyor bo‘lish vaqti, narxi va to‘lash shartlari, ovqatlarning hajmlari ko‘rsatilmaganligi, yo‘l bo‘yida sanitar qoidalariga nomuvofiq joylarda ovqat tayyorlash kabi muammolar shular jumlasidandir.