• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Toshkentda noqonuniy qurilgan tadbirkorlik obyektlari buzilmoqda

Toshkentda noqonuniy qurilgan tadbirkorlik obyektlari buzilmoqda
  • 0
  • 31.05.2023 10:17:00

Toshkentda noqonuniy qurilgan tadbirkorlik obyektlari buzilmoqda

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Markaz-1 mavzesida noqonuniy qurilgan tadbirkorlik obyektlari buzib tashlanmoqda. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mavzeda hukumat qaroriga zid ravishda tadbirkorlik subyektlari tomonidan noqonuniy, qo‘shimcha qurilmalar qurib olingan. Tadbirkorlar bu pandemiya sharoitida yaratilgan yengillik va qulaylik ekanini ta’kidlab, hududni tartibga keltirishga qarshilik qilgan. 

Hokimlik har qanday faoliyat qonun doirasida olib borilishi shart ekanligi va bunday holatlar to‘liq bartaraf etilishini ma’lum qilgan.  

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek hokimiyati hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning roziligi ham tadbirkorlik subyektlarining noqonuniy qurilishlari buzilishining oldini olmasligini bildirgan. Markaz-1 mavzesida buzilayotgan binolar ichida mashhur “Chaykof” qahvaxonasi ham mavjud. 

“Muammoni hal qilish uchun muddat berilmadi. Ular hamma narsani buzish uchun maxsus jihozlar olib kelinishini aytdi, biz buni o‘zimiz ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish uchun imkon berishni so‘radik”, — deydi qahvaxona tarmog‘i asoschisi Alina Zimmerman. 

Ammo rasmiylar tomonidan yuborilgan guruh qahvaxona binosini buzishni boshlagan, ichki ishlar xodimlari atrofda to‘liq navbatchilik qilmoqda.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News