• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Ukrainaga 1 million funt xayriya qilsang, roziman…”

  • 1
  • 11.03.2023 09:05:00

“Ukrainaga 1 million funt xayriya qilsang, roziman…”

Super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri ancha paytdan buyon ukrainalik sportchi Oleksandr Usikni jangga taklif qilib keladi. Biroq, qandaydir sabablar bilan ular o‘rtasidagi jang o‘tkazilmay kelinayotgan edi. Endi esa Usik Fyuri bilan jang qilish uchun ringga ko‘tarilishini, buning uchun esa u quyidagicha shart bajarilishi lozimligini ta’kidlagan:

“Ey “ochko‘z meshqorin”, men 70/30 gonorar uchun taklifni qabul qilaman. 29-aprel kuni “Uembli”da jang qilamiz. Biroq sen, jangdan keyin darhol 1 million funt xayriya qilishga va’da berasan. Har bir kechikkan kuning uchun esa Ukraina aholisiga gonoraringning 1 foizini o‘tkazasan. Rozimisan?”, - deya videomurojaat yo‘llagan Oleksandr Usik.
 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News