
- 1
- 20.12.2022 10:06:00
Ichan Qal’a
Bugungi kunda osmon ostidagi ochiq muzey shahri bo’lgan Xiva bir vaqtlar Buyuk Ipak yo'lidagi eng muhim siyosiy va madaniy shaharlardan biri edi. Xivada turistlarni eng ko’p qiziqtirib kelayotgan, ularni dunyoning bir chekkasidan bo’lsa ham Xivaga choralayotgan ko’hna, asrorli tarix parchasi esa noyob me'moriy tuzilishga ega bo’lgan shahar ichidagi shahar Ichan Qal’adir.
Ichan qalʼadagi meʼmoriy yodgorliklar yogʻoch oʻymakorligi, noyob ganchkorlik va naqqoshlik bilan bezatilgan. Ichan qalʼa 1990-yildan YUNESKO ning Butun jahon yodgorliklari roʻyxatidan munosib o’rin egalladi. 1997-yilda Xiva shahrining 2500 yilligi tantanali ravishda nishonlangan bo’lib, mana shu doirada bu yerdagi yodgorliklarni taʼmirlash va qayta tiklash ishlari olib borildi.