
- 2
- 24.08.2023 14:47:00
☕️ “Muzli Dalgona qahva”
Qahva ichishni juda ham yaxshi ko‘raman hatto, yoz oylarida ham voz kecholmayman, desangiz bu videoni saqlab qo‘yishni unutmang! ☕️ “Muzli Dalgona qahva” retseptini sizlar uchun tayyorladik.🤤❤️
🤎Masalliqlar
☕️3 osh qoshiq qahva;
😋3 osh qoshiq shakar pudrasi;
💧3 osh qoshiq issiq suv;
🧊Muz;
🍨Bezatish uchun
Muzqaymoq;
Kakao;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Chuqurroq bo‘lgan idishga qahva, shakar pudrasi va issiq suvni soling.
-Keyin esa kichkina suzgich yordamida qahvani ko‘pirtishni boshlang.
-Qahva ko‘pirib qivom olgunigacha ko‘pirtirishda davom eting. Agar xohlasangiz bu aralashmani mikser, blender yoki banka yordamida ham tayyorlashingiz mumkin.
- Qiyom bo‘lganidan keyin bitta stakanga xohishingizga ko‘ra muz solib orqasidan bu aralashmani soling. Keyin esa ozgina sut, muzqaymoq va kakaoni soling.
Ajoyib va muzdekkina bo‘lgan qahvamiz tayyor.
Yoqimli ishtaha😍