• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi
  • 5
  • 04.11.2025 15:39:00

Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston milliy jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilaridan biriga aylandi. 21 yoshli futbolchining bozor qiymati hozirda 35 million yevroga teng.
Oktabr oyidagi yangilanish natijasida “Bavariya” himoyachisi Kim Min Jae 32 million yevroga, “Brayton” vakili Kaoru Mitoma esa 35 million yevroga tushdi. Shu bois Husanov va Mitoma Osiyo qit’asining eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida birgalikda turibdi.

Abduqodir Husanov 2025-yil yanvarida “Lans”dan “Manchester Siti”ga 40 million yevro evaziga o‘tgan va 4 yillik shartnoma imzolagan.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News